» » AQSh Ukrainani harbiy jihatdan kuchaytiradi

AQSh Ukrainani harbiy jihatdan kuchaytiradi


AQSh yaqin orada Kiyevga yangi qurollar yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kurt Volker Bryusseldagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Bizda qo‘shimcha harbiy uskunalar sotish imkoniyati bor. E’lonlar qilinadi, Kongress yaqin ikki oy ichida birinchi transhlar haqida xabardor qilinadi”, — dedi Volker.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kongressi Ukrainaga harbiy yordamni 2019-yil uchun budjet doirasida ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, Volker Vashington Qora dengizga qo‘shimcha kemalarni yo‘naltirish imkoniyatini o‘rganib chiqayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning muhim ittifoqdoshi mintaqada o‘ta ahamiyatli rol o‘ynovchi Anqara hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют