» » Toshkentdagi “Bek to‘pi” bozorida o‘t o‘chiruvchilar amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi

Toshkentdagi “Bek to‘pi” bozorida o‘t o‘chiruvchilar amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi


Joriy yilning 11-dekabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Bek to‘pi savdo kompleksi” MChJda ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat xodimlari hamda boshqa daxldor tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda yana bir yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Ushbu mashg‘ulot doirasida yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lganda ishchi xizmatchilarning va ularning mol-mulkining evakuatsiyasi tashkillashtirilib, kompleks hududida yong‘in o‘chirish texnikalarining erkin harakatlanish imkoniyati va yong‘inga qarshi suv tizimi manbalarining sozligi o‘rganildi.

Bundan tashqari, kompleksda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar ko‘rilayotganligi, mavjud yong‘in haqida avtomatik ravishda xabar beruvchi moslamalar sozligiga, zaxira chiqish yo‘llarining holati, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini sozligi hamda ishchi xizmatchilarni yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lganda o‘z vazifalarini qay darajada bilishlari o‘rganib chiqildi.

Mashg‘ulot so‘nggida kompleks ma’muriyati va ishchi xizmatchilariga  yong‘in xavfsizligini ta’minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish va insonlarni tezda evakuatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют