» » Huawei kompaniyasi displeyida selfi kamera uchun o‘yiq bo‘lgan Nova 4 smartfonini taqdim etdi

Huawei kompaniyasi displeyida selfi kamera uchun o‘yiq bo‘lgan Nova 4 smartfonini taqdim etdi


Huawei kompaniyasi Nova 4 smartfonini taqdim etdi. Uning asosiy o‘ziga xosligi displeyning burchagiga o‘yiqning joylashtirilgani hisoblanadi. O‘yiqqa 25 megapikselli selfi kamera o‘rnatilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Nova 4 smartfoni 6,4 dyuymli ekran, sakkiz gigabaytli tezkor xotira, 128 gigabaytli doimiy xotira bilan jihozlangan. Bundan tashqari, qurilma orqa tomonda joylashgan barmoq izini oluvchi skanerga, 3750 milliamper/soat sig‘imli batareyaga va 18 vattli tez quvvatlash qurilmasiga ega.

Smartfonning orqa tomoniga 48 megapikselli uchta kamera joylashgan. Nova 4 Kirin 970 protsessorida ishlaydi.

Smartfonning oddiy modeli 450 dollar, top modeli esa 490 dollar turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют