» » O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida havo qatnovini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida havo qatnovini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi


O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov KLM aviakompaniyasining (Niderlandiya) xalqaro masalalar bo‘yicha direktori Yan Vriburg bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida havo qatnovi borasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

KLM aviakompaniyasi o‘zbek tomoni bilan Niderlandiya aeroportlari, xususan, Yevropadagi eng yirik aeroportlardan bo‘lgan “Sxipxol”ni O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, Uzoq Sharq mintaqasi va Hindiston bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda Uzbekistan Airways Niderlandiya rasmiylari bilan 2019—2020-yillar qishki mavsumidan e’tiboran parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar boshlashi mumkinligi qayd etildi.

Tomonlar KLMning sherik aviakompaniyalari, jumladan, yetakchi xalqaro loukosterlardan foydalanib, O‘zbekistonga reyslarni yo‘lga qo‘yish masalalarini ham muhokama qildi. Bu O‘zbekistonga turlar narxi pasayishi hisobiga mamlakatga keladigan yevropalik sayyohlar va tadbirkorlar soni keskin ortishiga olib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют