» » ?Messi “Barselona”da yana bir rekord o‘rnatdi

?Messi “Barselona”da yana bir rekord o‘rnatdi


16-dekabr, yakshanba kuni La Liga 16-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Barselona” 5:0 hisobida “Levante”ni mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur o‘yinda Lionel Messi yana bir bor rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi La Liganing Twitter’dagi rasmiy sahifasi.

“Levante”ga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyat Lionel Messi uchun La Liga doirasidagi 323-g‘alabasi hisoblanadi. Ispaniya chempionatidagi g‘alabalar soniga ko‘ra, argentinalik futbolchi klub sobiq rekordchisi Xavini (322) ortda qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, 38 yoshli Xavi “Barselona” tarkibida 1998-yildan 2015-yilga qadar o‘ynagan. Hozirda u faoliyatini Qatarning “As-Saad” jamoasida davom ettirmoqda.

31 yoshli Messi 2004-yil 16-oktabr kuni “Espanyol” bilan bo‘lgan bahsda debyut o‘yinini o‘tkazgan va o‘shanda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan. Messi “Barsa” tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib, uning hisobida 572 ta gol mavjud. Messining eng yaqin ta’qibchisi Sezar Rodriges — 232 ta gol muallifi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют