» » Bir paytlar Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan Zarqaynar majmuasi sotuvga qo‘yildi

Bir paytlar Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan Zarqaynar majmuasi sotuvga qo‘yildi


Toshkentdagi Zarqaynar majmuasi auksion savdolariga qo‘yildi.

Bu 2017-yilning kuzida ishga tushirilgan E-ijro onlayn-auksion ishi tarixidagi eng qimmat lotlardan biri hisoblanadi.

2005-yilda qurilgan ushbu bino bir paytlar O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli edi. Ushbu majmua hozirgi kunda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan tasarruf etiladi.

Zarqaynar majmuasining umumiy maydoni 1,2 gektar, shundan 1,06 gektari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Bino uch qavatdan iborat va 100 ga yaqin xonaga ega. Birinchi qavatda ofis xonalari, ikkinchisida restoran va podium, uchinchisida ko‘rgazma zali joylashgan.

Lotning boshlang‘ich narxi 87,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Zakalat miqdori - 4,3 milliard so‘m. Arizalar 23-yanvarga qadar qabul qilinadi. Auksion esa 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют