» » 2018-yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi Ronaldu va Messi bilan o‘ynash taklifiga rozi bo‘lmadi

2018-yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi Ronaldu va Messi bilan o‘ynash taklifiga rozi bo‘lmadi


“Ayaks”ning 19 yoshli sardori Matteys de Ligt “Yuventus” va “Barselona”ning o‘ziga bo‘layotgan qiziqishlariga munosabat bildirdi.

“Italiya — o‘zining ajoyib chempionati bilan buyuk mamlakat. Ammo hozir men “Ayaks” bilan Niderlandiyaning yuqori divizioni chempionligi uchun kurashmoqdaman. Chempionlar Ligasida ham munosib o‘yin ko‘rsatamiz. Ronaldu bilan “Yuventus”da yoki Messi bilan “Barselona” tarkibida o‘ynashni tanlash kerak bo‘lsa, men Hakim Ziyosh bilan “Ayaks”da to‘p surishni afzal ko‘raman”,— deydi Matteys.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli de Ligt Italiyaning Tuttosport nashri tomonidan joriy qilingan 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchini aniqlash bo‘yicha Golden Boy mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ushbu mavsumda Niderlandiya chempionatida de Ligt 15 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golga assistentlik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют