» » O‘zbekistonda film namoyishi uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda film namoyishi uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi


Hukumat qarori bilan filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan beriladi.

Quyidagilar bundan mustasno:

Prezident hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ommaviy namoyish qilinishi ko‘rsatib o‘tilgan filmlar;

festivallar, seminarlar, retrospektiv namoyishlar va boshqa shu kabi madaniy tadbirlar uchun notijorat maqsadlarda xorijiy mamlakatlardan olib kirilgan filmlar.

Nizom bilan ruxsatnoma berish talablari va shartlari belgilangan.

Ma’lumot uchun, mazkur nizom teleradioeshittirishlar, shuningdek, televizion filmlarni ishlab chiqarish va televideniyeda namoyish etish sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют