» » Xitoylik kelin nikoh marosimiga kelmagan yigitni zanjirda ko‘cha bo‘ylab sudradi (video)

Xitoylik kelin nikoh marosimiga kelmagan yigitni zanjirda ko‘cha bo‘ylab sudradi (video)


Tarmoqda nikoh libosidagi xitoylik qiz darg‘azab holatda ko‘cha bo‘ylab kuyov ekanligi taxmin qilinayotgan yigitni zanjirda sudrab ketayotgani videosi joylashtirildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda. 

Hodisa yuz bergan vaqt va joy aniq ko‘rsatilmagan. Bechora erkak o‘sha kunga mo‘ljallangan nikoh marosimiga kelmagani bildirilmoqda. 

Videolavhada kuyov deyarli qarshilik ko‘rsatmayotgani, kelin esa “Menga uylanasizmi yoki yo‘qmi?” deya jazavaga tushayotganini ko‘rish mumkin. 

Shunisi ham borki, ko‘plab foydalanuvchilar mazkur lavhadan ensasi qotganini yashirmadi. Ularning fikricha, yuz bergan holat sahnalashtirilgan yoki qaysidir tadbirning reklamasi bo‘lishi mumkin. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют