» » “Yuventus” O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochadi

“Yuventus” O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochadi


18-dekabr, seshanba kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Italiyaning “Yuventus” klubining brendni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Italiya futbol klubi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv Turin politexnika universiteti kampusi bazasida “Yuventus akademiyasi”ni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham tomonlar O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish, yangi tashkil etilayotgan akademiya faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

“Yuventus” klubining brendni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero yurtimizda akademiyani tashkil etishdan maqsad faqatgina uning o‘quvchilarini tayyorlash emas, balki o‘zbek yoshlariga futbol bilan professional tarzda shug‘ullanish imkoniyatini yaratish ekanligini ma’lum qildi.

“Yuventus akademiyasi” faoliyati bolalarning futbol orqali jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek ularda futbol madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Akademiya faoliyati kompleks yondashuvga asoslanib, yillik trening, shug‘ullanish oromgohi, yozgi oromgoh, o‘quv sessiyasi kabi jami oltita asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib, “Yuventus” akademiyasi loyihasi Yevropa, Osiyo va Amerika qit’asida joylashgan 49 ta mamlakatda amalga oshirilib, 100 dan ortiq hududni va 15000 nafardan ortiq bolalarni qamrab olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют