» » O‘zbekistonda Superligasida transfer oynasi ochildi, ammo PFL shartnomalarni vaqtincha ro‘yxatga olmaydi

O‘zbekistonda Superligasida transfer oynasi ochildi, ammo PFL shartnomalarni vaqtincha ro‘yxatga olmaydi


17-dekabr sanasidan e’tiboran Superliga klublari yangi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni PFL ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin, deb xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.

Transfer oynasi 2019-yilning 7-mart sanasiga qadar ochiq bo‘ladi. Biroq PFL tomonidan 2019-yilgi mavsum uchun qo‘yilgan talablar ham bor va futbol klublari mana shu talablar ijrosini PFL bilan muhokama qilib olinmaguniga qadar, birorta ham shartnoma ro‘yxatga olinmaydi.

Xabarga ko‘ra, futbolchi va klub o‘rtasida tuzilgan shartnoma bir oy muddat ichida ro‘yxatga qo‘yilmasa, PFL mazkur shartnomani tan olmaydi. Bu jihat 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan klub direktorlari bilan yig‘ilishda yana bir bor eslatib o‘tilgan.

Futbol klublari shu vaqtga qadar futbolchilar bilan shartnomalar tuzgan va ular ro‘yxatga olingan. Ammo ortda qolib ketayotgan qarzdorliklar masalasi bor. Shuning uchun klub avval eski qarzdorliklari masalasini hal qiladi, undan keyin talablarni bajarish yuzasidan ish olib boradi va oxirida 2019-yilgi mavsum uchun qadam tashlaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют