» » Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish chora-tadbirlari tasdiqlandi

Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish chora-tadbirlari tasdiqlandi


Hukumat qarori bilan surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot”.

Nizomga muvofiq, majburiy keltirish uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, jinoyat, ma’muriy yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ajrimi asos bo‘ladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlisiga majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan shaxslarni majburiy keltirish ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orqali amalga oshiriladi.

Majburiy keltirish ichki ishlar organlari tomonidan soat 06:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi.

Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni yashash yoki ish joyidan topishning imkoni bo‘lmasa bu haqida qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya 5 kun muddatda xabardor qilinishi lozim.

Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlar majburiy keltirilgan shaxsdan undiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют