» » Alisher Navoiy metro bekatida yosh qiz metro relsiga tushib ketdi (video 18+)

Alisher Navoiy metro bekatida yosh qiz metro relsiga tushib ketdi (video 18+)


Toshkentda Alisher Navoiy metro stansiyasida bugun, 18-dekabr kuni baxtsiz hodisa yuz berdi, deb xabar berdi “Nuz.uz”.

Bekatda turgan yosh qiz poyezd relsiga yiqilib tushdi. Ushbu holat yo‘lovchilardan biri tomonidan tasodifan videoga olindi. Video Telegram messenjerida tarqaldi.

“Kanalimiz kuzatuvchisi bugun tasodifan yosh qizning poyezd relsiga yiqilib tushganini videoga oldi”, — deyiladi videoni tarqatgan “Exo Uzbekistana” kanali xabarida.

Videoda qizning stansiyaga yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘liga yiqilib tushgani aks etgan, shuningdek unda boshqa yo‘lovchilarning qichqiriqlari va poyezd haydovchisining tormoz berayotgani ovozi ham eshitilgan.

Xabarda qayd etilishicha, qizning shaxsi va uning ahvoli hozirda qanday ekanligiga huquq-tartibot organlarida aniqlik kiritilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 16:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют