» » YPX xodimiga pora bergan shaxs 7,3 mln so‘m jarima jazosiga tortildi

YPX xodimiga pora bergan shaxs 7,3 mln so‘m jarima jazosiga tortildi


2018-yilning 3-dekabr kuni Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji binosida, ochiq sayyor sud majlisida X.Rajapovga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Xiva tuman sudi axborot xizmati xabar berdi.

X.Rajapov 2018-yilning 16-sentabrida tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun jarima maydoniga qo‘yilgan davlat raqam belgili 90N 854 JA Damas rusumli avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishi evaziga davlat organi mansabdor shaxsi Xorazm viloyat IIB YHXB YPX inspektori F.Matnazarovga jarima maydonchasi hududida 99 000 so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

X.Rajapov sud muhokamasida aybiga iqror bo‘ldi. Jinoyat ishi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalari har tomonlama tekshirilib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 454-457, 463, 465-468, 471-472-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan sudlanuvchi X.Rajapovga nisbatan eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida 7 372 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Pora predmeti bo‘lmish 99 000 so‘mni davlat egaligiga o‘tkazilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют