» » “O‘ztransgaz” raisi Ergash Shoismatov “Bunyodkor” klubidan tashqari mamlakat voleybol federatsiyasiga ham javobgar bo‘ldi

“O‘ztransgaz” raisi Ergash Shoismatov “Bunyodkor” klubidan tashqari mamlakat voleybol federatsiyasiga ham javobgar bo‘ldi


Milliy olimpiya qo‘mitasida 2-mart kuni O‘zbekiston voleybol federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov olib borgan konferensiyada voleybolning O‘zbekistondagi ahvoli tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda voleybol sport turini rivojlantirish, ommaviyligini oshirish, zaxira sportchilarni tayyorlab borish, yosh iqtidorli sportchilarni saralash, tuman-shahar va viloyat musobaqalarini o‘tkazishga e’tibor kamayganligi yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi, deb yozilgan xabarda.

Shundan kelib chiqib, federatsiya rahbariyatida o‘zgarish amalga oshirilgan. Unga ko‘ra, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Ergash Shoismatov voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi.

Bir vaqtning o‘zida “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti ham hisoblangan Shoismatovga birinchi o‘rinbosar sifatida “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Abdug‘ani Komilov yordam beradi. Sanjar Abdullayev bosh kotib vazifasini bajaradi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov va MOQ raisi Alisher Sultanov ishtirok etgan.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют