» » O‘zbekistonda yoshlarga oid ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekistonda yoshlarga oid ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilindi


Yoshlarga oid davlat siyosatini targ‘ib qiluvchi rolik mualliflarini rag‘batlantirish maqsadida ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar media markazi tomonidan o‘tkazilayotgan tanlov innovatsion g‘oya va aqliy salohiyatni oshirish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandlikka ko‘maklashish, sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ‘ib qilish, jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish hamda “Bu — mening O‘zbekistonim” kabi 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1—3-o‘rin hamda rag‘batlantiruvchi mukofotlar beriladi. 1-o‘ringa 5 million, 2-o‘ringa 3 million, 3-o‘ringa 2 million so‘m, rag‘batlantiruvchi o‘rin sohibiga esa 1 million so‘m ajratilgan.

Hakamlar hay’ati qarori bilan 5 ta nominatsiyaga taqdim etilgan roliklardan biri mutloq g‘olib sifatida e’lon qilinadi va muallifga 10 million so‘m beriladi.

Materiallar joriy yil 24-dekabrga qadar Yoshlar ijod saroyida qabul qilinadi. Unda 2018-yil davomida tasvirga olingan mavzuga oid roliklar taqdim qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют