» » “Real”dan haydalgan Xulen Lopetegi “Roma”ga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

“Real”dan haydalgan Xulen Lopetegi “Roma”ga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin


“Roma” murabbiyi Eusebio Di Franchesko tez orada iste’foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda O Jogo xabar berdi.

Agar Di Franchesko ishdan ketadigan bo‘lsa, u holda Ispaniya terma jamoasi va “Real” sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Roma” bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.

“Roma” bundan tashqari, Paulo Souza (“Fiorentina” sobiq murabbiyi), Leonard Jardim (“Monako” sobiq murabbiyi) va Loran Blan (PSJ sobiq murabbiyi) nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

17-dekabr, yakshanba kuni A Seriya 16-turidan o‘rin olgan bahsda “Roma” “Jenoa”ni 3:2 hisobda mag‘lub etdi. Klub musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют