» » O‘zbekistonda suv ta’minoti og‘ir hududlarda quduqlar qazish uchun 40 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratiladi

O‘zbekistonda suv ta’minoti og‘ir hududlarda quduqlar qazish uchun 40 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratiladi


2019—2020-yillarda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sug‘orish quduqlarini qazishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan 2019—2020-yillarda suv ta’minoti og‘ir, iste’molga yaroqli suv zaxiralari yetarli bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish maqsadida sug‘orish quduqlarini qazish dasturi va uni amalga oshirish uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari tasdiqlandi.

Dastur doirasida jami 85 ta tumanda 40 milliard so‘m, shundan:

2019-yilda 23 milliard 173 million 100 ming;

2020-yilda 16 milliard 826 million 900 ming so‘m miqdorida kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют