» » O‘zbekistonda Beeline mijozlari tomonidan mobil trafikdan foydalanish 60 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda Beeline mijozlari tomonidan mobil trafikdan foydalanish 60 foizga o‘sdi


Beeline kompaniyasi 2016-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kompaniya tijoriy direktori Maksim Yefremovga ko‘ra, yil yakunlari bo‘yicha abonentlar soni 9 506 503 kishini tashkil etdi, bu esa o‘tgan yil boshiga nisbatan 0,1 foizga ko‘p. Bir abonentning o‘rtacha oylik hisob-kitobi yil davomida 10 foizga, 17 925 so‘mgacha o‘sdi. Telefon qo‘ng‘iroqlarining o‘rtacha vaqti ham oshdi va 600 daqiqani tashkil etdi (2015-yilda 540 daqiqa). 

Mobil trafikdan foydalanish ham tobora ko‘payib bormoqda. Jumladan, data-servislardan jon boshiga o‘rtacha foydalanish 60 foizga — 195 dan 316 megabaytgacha ortdi. 

LTE (4G) tarmog‘ini kengaytirish ham davom ettirilib, 935 foiz o‘sishga erishildi. Mazkur texnologiyani respublikaning barcha hududida joriy etish 2017-yildagi muhim vazifalar qatoriga kiradi. Shuningdek, joriy yilda barcha viloyatlarni 3G tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olish rejalashtirilmoqda.

VimpelCom brendining VEON nomiga almashtirilishi ham muhim yangiliklardan biri hisoblanadi. Bu shu nomdagi yangi internet-platformaning ishga tushirilishi bilan bog‘liq. O‘zbekistonda platformaning shu yil tatbiq etilishi mo‘ljallangan. 

Matbuot anjumanida mahalliy brendlar almashmasligi, ya’ni O‘zbekistonda kompaniya Beeline brendi ostida faoliyat ko‘rsatishda davom etishi bildirildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют