» » O‘zbekiston Qrimni harbiylashtirish haqidagi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamadi

O‘zbekiston Qrimni harbiylashtirish haqidagi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamadi


BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiya delegatlari Qrimni militarizatsiyalash, shuningdek Qora va Azov dengizlari hududlari to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi, deb xabar berdi Sputnik BMT Yangiliklar markaziga tayanib.

Qrimni harbiylashtirish hamda Qora va Azov dengizlari hududlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyani Ukraina boshqa 40 ta davlat bilan hammualliflikda ko‘rib chiqish uchun kiritgan edi.

“Rossiya qo‘shinlarining Qrimda mavjud bo‘lishi Ukraina milliy suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga zid va qo‘shni mamlakatlar va Yevropa mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga rahna soladi”. Unda “Rossiyaning bosib oluvchi mamlakat sifatida Qrimni harbiylashtirishni kuchaytirayotgani munosabati bilan” jiddiy xavotirlar kelib chiqadi”, — deyilgan rezolyutsiya matnida.

Mualliflar yaqinda Qora dengizda sodir bo‘lgan holat tufayli qarama-qarshilikning zo‘rayib borayotganini ta’kidladi. 25-noyabr kuni Rossiya chegarasini buzgan Ukraina Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli uch kema qo‘lga olingan edi.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani kemalarni hamda ularning ekipajlari va uskunalarini ozod qilish, shuningdek Ukrainaning Qora va Azov dengizlari, Kerch bo‘g‘ozidagi navigatsion huquq va erkinliklariga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirdi. Hujjatda Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozi orqali ko‘prik qurgani ham qoralangan.

“Bosh Assambleya Rossiyadan qat’iy ravishda bosib oluvchi mamlakat sifatida o‘z qurolli kuchlarini Qrimdan olib chiqib ketish va zudlik bilan Ukraina hududini vaqtincha istilo qilishga barham berishga chaqiradi”, — deyilgan qabul qilingan rezolyutsiyada.

Mazkur rezolyutsiyani 66 ta mamlakat qo‘llab-quvvatladi, 19 ta davlat qarshi chiqdi. 72 ta delegatsiya betaraf qoldi. Armaniston, Belarus va O‘zbekiston rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston delegatsiyasi betaraf qoldi. Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston vakillari ovoz berishda ishtirok etmadi.

Rossiya vakili Dmitriy Polyanskiy qabul qilingan rezolyutsiyani “Ukrainaning zararli harakati” deb atadi. Rossiya nuqtai nazaridan Qrimning tegishlilik masalasi uzil-kesil va tamomila hal etilganini qo‘shimcha qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют