» » Namanganda pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlarning oldi olinmoqda

Namanganda pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlarning oldi olinmoqda


Namanganda YPX inspektorlari tomonidan pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlarning oldi olinmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, joriy yil 10-dekabr kuni “Namangan” muntazam YPX maskanida “Vodiy—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia rusumli avtomobil to‘xtatib tekshirilganida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaroga tegishli 120 dona pirotexnika maxsuloti topildi.

14-dekabr kuni Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi haydovchi boshqarib ketayotgan Lacetti rusumli mashina yukxonasida 260 dona pirotexnika vositasida borligi ma’lum bo‘ldi.

15-dekabr kuni “Vodiy—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Andijon shahrida yashovchi haydovchiga tegishli Nexia tekshirilganida uning saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan jami 8654 dona pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.

Yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, chora ko‘rish uchun hududiy ichki ishlar bo‘limlariga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют