» » Toshkentda “Tramadol” sotishda gumonlanib, 6 kishi qo‘lga olindi

Toshkentda “Tramadol” sotishda gumonlanib, 6 kishi qo‘lga olindi


Toshkent shahar Chilonzor tumanida narkotik moddalar va ularning analoglarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 34 yoshli Mansur K. qo‘lga olingan. U tekshirilganda oldidan 138 quti “Tramadola Lannaxera” topilgan. Mansur K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi beshinchi bandiga (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) binoan jinoiy ish ochilgan.

Jinoiy ish materialida keltirilishicha, Mansur bir o‘zi bo‘lmagan, u bu ishni Behzod ismli tanishi bilan amalga oshirgan. “Tovar”ni Azizbek I. ismli shaxsdan olgan.

Ular har uchchalovi navbatdagi uchrashuvi vaqtida IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. So‘roq vaqti har uch shaxs aybini tan olgan va ko‘p miqdorda “Tramadol” sotib urgurganini aytishgan. Hatto ularning faoliyatiga bir marotaba voyaga yetmagan shaxs ham jalb qilingan.

Chilonzor tumanida yashovchi 47 yoshli Qobil A. “Tramadol”ga “o‘tirib” qolgan bo‘lib, u har kuni yangi “doza” izlagan va qidirganini Mansur K.dan sotib olgan. U doimiy xaridor bo‘lib, puli bo‘lmaganda ham Mansur Qobilga ko‘p miqdorda dori beravergan. Qobil o‘z o‘rnida ortiqcha dorini qimmatroqqa sotgan va Mansurdan qarzini uzgan.

Qobil shunday savdolarning birida “o‘zini himoyaga olish” uchun voyaga yetmagan o‘g‘li Abdurahmon S.dan foydalangan. Bola hech nimadan bexabar voqea joyiga kelgan va otasidan bir nechta qutidagi “Tramadol”ni olgan. Qobil xaridorlari oldiga borgan, barchasi joyida ekaniga amin bo‘lgach, o‘g‘liga telefon qilib chaqirgan. Abdurahmon voqea joyiga yetib kelib, otasiga tabletkalarni bergach, IIBB xodimlari Qobilni hisbga olgan.

Noqonuniy preparatlar savdosiga aloqador olti kishi hisbga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют