» » Karimov Fondi 2 yil ichida 22 o‘zbekistonlikka Yevropa oliygohlarida o‘qish imkoniyatini berdi

Karimov Fondi 2 yil ichida 22 o‘zbekistonlikka Yevropa oliygohlarida o‘qish imkoniyatini berdi


Karimov Fondining Yevropada ta’lim olish imkonini beruvchi uchinchi grantlar tanlovi g‘oliblarini aniqlashga ham oz vaqt qoldi. V.M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkentdagi filialida qatnashchilarning ma’naviy-psixologik hislatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan og‘zaki suhbatdan so‘ng chet tilidan rasmiy imtihon qoldi, xolos. Bu haqda Karimov Fondi xabarida aytiladi.

So‘nggi 2 yil mobaynida Karimov Fondi o‘zbekistonlik 22 nafar yigit-qizlarga Germaniya, Italiya, Chexiya, Rossiya va Polshaning peshqadam oliygohlarida ta’lim olish imkonini berdi.

Karimov Fondi 2016-yil oktabr oyida mustaqil O‘zbekiston asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Lola Karimova-Tillayeva va Tatyana Karimova tomonidan ta’sis etilgan. Iqtidorli yoshlarni chet elning peshqadam oliygohlarida tahsil olishi uchun grant dasturlarini amalga oshirish Fond faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют