» » Prezidentning Qashqadaryoga tashrifidan so‘ng sportchi qizga uy berildi

Prezidentning Qashqadaryoga tashrifidan so‘ng sportchi qizga uy berildi


18-dekabr kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan Shavkat Mirziyoyev bilan 13–14-dekabr kunlari Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida uchrashgan 21 yoshli Shohsanam Toshpo‘latovaga 2 xonali uy kaliti topshirildi. Shohsanam Toshpo‘latova suzish bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, III Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulovga tayanib, Turon24 xabar berdi.

Shohsanam Toshpo‘latova mamlakat miqyosidagi musobaqalar va Paraosiyo o‘yinlaridan tashqari “Rio–2016” paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan. 2017-yili esa O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan suv sporti bo‘yicha 9-Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan. Sport sohasida erishgan yutuqlari uchun “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

“Joriy yilning 6–13-oktabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan III Paraosiyo o‘yinlarida vakillarimiz ishtiroki sermahsul bo‘ldi, – deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati xodimi Nurbek Saynabiyev. – Suzish bellashuvlarida sportchilarimiz 10 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, bir necha bor rekordlarni qayd etishdi”.

Nurbek Saynabiyevning aytishicha, III Paraosiyo o‘yinlarida qatnashgan Qashqadaryo viloyati terma jamoasi O‘zbekistonning boshqa hududlari sportchilari ichida eng ko‘p medal jamg‘arishga erishgan.

“Sportchi qizimizning ushbu yutuqlari mamlakatimiz rahbari tomonidan iliq qarshi olindi hamda unga viloyat markazidan ikki xonali uy sovg‘a qilindi, – deydi viloyat matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov. – Shohsanam 2020-yilda Yaponiya (Tokio)da bo‘lib o‘tadigan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham qatnashadi. Mazkur musobaqada ham u mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonamiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют