» » UzCard yana ishlamay qolsa, 1 mlrd so‘m jarimaga tortilishi mumkin

UzCard yana ishlamay qolsa, 1 mlrd so‘m jarimaga tortilishi mumkin


O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan to‘lov tizimlari faoliyatidagi uzilishlar uchun Markaziy bank eng kam ish haqining 5000 baravarigacha (1 milliard so‘m) jarima solishi mumkin. Markaziy bankning bu taklifi “To‘lovlar va to‘lov tizimlari” to‘g‘risidagi qonun loyihasida keltirilgan, deb yozadi Turon24.

Qonun loyihaga ko‘ra, agarda to‘lov tizimining nosozligi uzluksiz to‘lov xizmatlari ko‘rsatilishiga ta’sir ko‘rsatsa, Markaziy bank quyidagi jarimalarni qo‘llashi mumkin:

-operatorga belgilangan muddatda nosozlikning oldini olish buyrug‘ini yuborish;

-eng kam ish haqining 5000 barobarigacha jarima solish;

-olti oygacha ba’zi operatsiyalarni amalga oshirishni cheklash;

-uch oygacha litsenziyani to‘xtatib qo‘yish.

Ayni damda, O‘zbekistonda bitta Uzcard milliy to‘lov tizimi faoliyat yuritmoqda. 15-sentabr kuni to‘lov tizimida nosozliklar yuzaga keldi. Natijada 3 kun davomida O‘zbekiston bo‘yicha barcha plastik kartalar va terminallar ishlamadi.

19-sentabrda esa Prezident “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki huzurida Milliy banklararo protsessing markazi yaratiladi va barcha protsessing xizmatlari ushbu markaz orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari qarorda Markaziy bankka milliy to‘lov tizimini yaratish topshirig‘i berildi. Yangi to‘lov tizimi “Humo” nomini oldi. Ma’lumotlarga qaraganda, u 2019-yil yanvar-fevral oylarida ishga tushadi.

Shuningdek qonun loyihasida O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan to‘lov tizimlariga talablar, ularning vazifalari va faoliyat yuritish uchun litsenziyalar olish tartibi belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют