» » O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi


O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-noyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018- yil 13-dekabrda ma’qullangan edi.

Hujjatda davlatlararo munosabatlarning rivojlanish istiqbollari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, ekologiya, madaniy-gumanitar, harbiy-texnikaviy va boshqa sohalarda ikki tomonlama manfaatli munosabatlarning asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют