» » O‘zbekiston ShHT davlatlari aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga doir bitimga qo‘shildi

O‘zbekiston ShHT davlatlari aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga doir bitimga qo‘shildi


Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonun bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi.

Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 6-dekabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018- yil 13-dekabrda ma’qullangan edi.

Bitimda tomonlarning hududlarida terrorchilik harakatlari sodir etilganida yoki shunday xavf-xatar paydo bo‘lganida qo‘shma harakatlarni amalga oshirish uchun maxsus aksilterror tuzilmalarni tayyorlash o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad etib belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют