» » Boliviya prezidenti AQSh uni prezidentlikka qayta saylanishida halal berayotganlikda aybladi

Boliviya prezidenti AQSh uni prezidentlikka qayta saylanishida halal berayotganlikda aybladi


Boliviya prezidenti Evo Morales AQSh hukumati yolg‘on yordamida unga yangi muddatga saylanishiga halal berayotganligi to‘g‘risida da’vo qilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“2002-yildagi kabi, AQSh va uning o‘ng qanot siyosatchilari nomzodligimizni yolg‘on va tahqirlash yo‘li bilan to‘sishga urunmoqda”, — deydi Morales o‘zining Twitter‘dagi sahifasida.

“Ular demokratiya to‘g‘risida qayg‘urishlarini aytmoqda. Boliviya suveren davlat va har qanday aralashuvlarni inkor etadi”, — deydi prezident.

5-dekabr kuni Boliviya Oliy Saylov sudi 2006-yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilayotgan Moralesning nomzodini to‘rtinchi prezidentlik muddati uchun tasdiqladi. Muxolifat bir qator norozilik namoyishlari o‘tkazdi, sababi u hozirgi prezidentning talabnomasini konstitutsiyaning buzilishi va fuqarolarga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholamoqda.

Morales Boliviya prezidenti davlat boshqarish muddati bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Prezident mamlakat tepasiga 2005-yilning dekabr oyida o‘tkazilgan saylovlar natijasida kelgan. U 2009 va 2014-yillarda taqiqlangan bo‘lishiga qaramay yana uch marta saylandi.

Konstitutsiyaviy sud, 2009-yilda Boliviyada asosiy qonun qayta qabul qilinganligi sababli, birinchi mandat hisobga olinmasligini qayd etgan.

2017-yilning noyabrida Boliviya Konstitutsion sudi Moralesni yana bir muddatga saylanishi uchun qaror qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют