» » O‘zbekistonlik Leningrad viloyatida pora berishga uringani uchun jazoga tortildi

O‘zbekistonlik Leningrad viloyatida pora berishga uringani uchun jazoga tortildi


Leningrad viloyatida O‘zbekiston fuqarosi mansabdor shaxsga 11 000 rubl pora berishga uringani uchun bir yil qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, erkak Rossiya Federatsiyasiga kirish va u yerda yashash qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishini so‘rab katta uchastka noziriga pora taklif qilgan.

Politsiya xodimi pora olishdan bosh tortgan.

Sudlanuvchi aybini tan olgan va qilmishidan afsusdaligini ma’lum qilgan. Davlat ayblovchilari buni inobatga olgan…

Sud erkakka umumiy tartibdagi axloq tuzatish koloniyasida jazoni o‘tashi uchun bir yil muddat berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют