» » Yevrokomissiya rahbari Yevropa Ittifoqining Brexit’dan keyingi rivojlanishi 5 ta ssenariysini taqdim etdi

Yevrokomissiya rahbari Yevropa Ittifoqining Brexit’dan keyingi rivojlanishi 5 ta ssenariysini taqdim etdi


Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniya uning tarkibidan chiqqandan keyingi rivojlanishi beshta ssenariysini taqdim etdi. Bu haqda Deutsche Welle nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Brexit qanchalik og‘riqli va qayg‘uli bo‘lmasin, Yevropa Ittifoqini kelajakka tomon harakatlanishini to‘xtatib qola olmaydi.

Jan-Klod Yunker, Yevrokomissiya rahbari

Birinchi ssenariy avvalgi yo‘nalishda davom etishni ko‘zda tutadi. Ikkinchi ssenariy Yevropa Ittifoqi asosiy harakatlarini siyosiy jarayonlar integratsiyasini to‘xtatib, umumiy ichki bozorni rivojlantirishga qaratadi.

Uchinchi ssenariy integratsion jarayonlar Yevropa Ittifoqi tarkibidagi mamlakatlar guruhida rivojlantirilishini nazarda tutadi. To‘rtinchi ssenariy Yevropa Ittifoqi harakatlarini “kamroq, ammo samaraliroq” tamoyili bo‘yicha bir nechta yo‘nalishlarga qaratishini ko‘zda tutadi.

Beshinchi ssenariy esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakolatlar, resurslar va qarorlar uchun javobgarlikni bo‘lishishini ilgari suradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют