» » Farg‘onalik iste’molchining “1091” raqamiga murojaati ijobiy hal etildi

Farg‘onalik iste’molchining “1091” raqamiga murojaati ijobiy hal etildi


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Tepaqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sardor To‘raqulov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Iste’molchi o‘z murojaatida tuman gaz idorasi tomonidan aholiga, jumladan o‘zi yashab kelayotgan hududdagi xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi uzilishlardan noroziligini bildirib, iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilinishini so‘ragan.

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari fuqaro murojaatiga aniqlik kiritish maqsadida uning xonadoniga bordi. Haqiqatan ham iste’molchiga gaz balloni berilganligi, lekin uch oydan buyon gaz ballonini suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilganiga almashtira olmayotgani aniqlandi.

Iste’molchi S. To‘raqulov murojaati asosida Farg‘ona viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali

Uchko‘prik tumani bo‘limi boshlig‘i B. Sobirov ogohligida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlari va iste’molchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar natijasida joylarda aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlashda grafik bo‘yicha tarqatilayotganligi, gaz ta’minotida uzilishlar sababli tumandagi qishloqlarga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz balloni tarqatishda grafikdan ortda qolganligi aniqlandi.

Mas’ullarga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etish, aholi murojaatlariga e’tiborli bo‘lish, shartnoma shartlariga rioya etish kabi holatlar ham ta’minotchi ham iste’molchilar munosabatlarini faqat yaxshilashga xizmat qilishi tushuntirildi. O‘rganish davomida S. To‘raqulov suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют