» » Hindistonda qoplon uch yashar bolani onasining ko‘z o‘ngida o‘rmonga olib ketdi

Hindistonda qoplon uch yashar bolani onasining ko‘z o‘ngida o‘rmonga olib ketdi


Hindistonda qoplon kichkina bolani o‘rmonga olib ketdi va boshini uzib oldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Voqea mamlakat shimolida Jammu va Kashmir shtatlarida ro‘y berdi. Hayvon uylardan birining oshxonasiga kirib uch yoshar Vasim Akramni olib ketdi. Voqea onaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lishiga qaramay, ayol hech narsa qila olmadi. Bolaning boshsiz tanasi biroz vaqt o‘tgach o‘rmondan topildi.

Mahalliy aholi bu yirtqichning birinchi qurboni emasligini aytmoqda, so‘nggi ikki oyda qoplon ushbu hududda yana ikki kishini o‘ldirgan.

Qurbonlardan biri sakkiz yoshli bola bo‘lgan. Odamxo‘r hayvonni ushlash va o‘ldirish uchun butun boshli otryad safarbar qilingan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda 12 mingdan 14 minggacha qoplon yashaydi. 2017-yilda 431 ta yirtqich brakonerlar tomonidan o‘ldirilgan.

Yirtqichlarning qurbonlari to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlar yo‘q



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют