» » Rasman: Ole-Gunnar Sulsher — “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

Rasman: Ole-Gunnar Sulsher — “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi


“Manchester Yunayted” klub bosh murabbiyligiga 45 yoshli norvegiyalik mutaxassis Ole-Gunnar Sulsherni tayinladi. U jamoani mavsum oxiriga qadar boshqaradi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Sulsher 1996—2007-yillarda “mankunianlar” safida 366 ta o‘yinda maydonga tushib, 126 ta gol urgan. U klub bilan 12 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, Chempionlar Ligasi va 6 marotaba APL chempioni bo‘lgan.

2008—2011-yillar davomida Sulsher “Manchester Yunayted”ning ikkinchi jamoasiga murabbiylik qildi, keyin Norvegiyaning “Molde” hamda Uelsning “Kardiff”da bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr kuni “Qizil iblislar” Joze Mourinyoni iste’foga chiqargandi. Klub 17-tur bahslaridan so‘ng Angliya premyer ligasida 26 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasining 1/8 finalida inglizlar PSJ bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют