» » Qotil “ko‘k kit”dan saqlab qolingan besh toshkentlik, Uzcard’ning oilaviy kartochkalari, yangi qurilayotgan Toshkent markaziy bog‘i va kunning boshqa muhim xabarlari

Qotil “ko‘k kit”dan saqlab qolingan besh toshkentlik, Uzcard’ning oilaviy kartochkalari, yangi qurilayotgan Toshkent markaziy bog‘i va kunning boshqa muhim xabarlari


2-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Toshkent shahrida 5 nafar maktab o‘quvchisi “o‘lim guruhi”dan saqlab qolindi. Huquq-tartibot organlari yakuniy maqsadi o‘z joniga qasd qilish bo‘lgan “Ko‘k kit” o‘yinida 15-darajaga o‘tgan besh nafar maktab o‘quvchisini saqlab qoldi.

2. O‘zbekistonda oilaviy plastik kartochkalar ochish imkonini beruvchi Uzcard Family loyihasi ishga tushdi. Oilaviy kartalarni ochish uchun sizga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilish zarur.

3. Poytaxtdagi eski hayvonot bog‘i hududida Bobur nomli Toshkent markaziy bog‘i qurilmoqda. Yangi bog‘ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

4. Qozog‘istonda 2020-yilgacha 1300 ga yaqin qishloq 20 Mb/s tezlikdagi internet bilan qamrab olinadi. 2020—2025-yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda qolgan 4 ming qishloq qamrab olinadi.

5. Toshkentda ish vaqtida qo‘l telefonidan foydalangan avtobus haydovchisi yo‘lovchining shikoyati asosida ishdan bo‘shatildi. U “avtokorxonada bunday holatlarning oldini olish va haydovchilarga ibrat bo‘lish maqsadida” ishdan haydalgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют