» » Finlyandiya rasmiylari mahalliy o‘rmonlar taqdiridan tashvish bildirgan Di Kaprioni mamlakatga taklif etdi

Finlyandiya rasmiylari mahalliy o‘rmonlar taqdiridan tashvish bildirgan Di Kaprioni mamlakatga taklif etdi


Leonardo Di Kaprio Instagram’dagi sahifasida Finlyandiyaning Lammasyarvi ko‘lidagi orollar suratini chop etdi va ulardagi o‘rmonlar taqdiridan tashvish bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

“Lammasyarvidagi betakror orollarda joylashgan o‘rmonlarni kesib yuborilishi xavfi tufayli boy berishimiz mumkin. Bu o‘rmonlar juda go‘zal bo‘lishdan tashqari bioxilmaxillikni asrash uchun o‘ta zarur. Biroq daraxtlarning to‘rtdan uch qismi yo‘qotib bo‘lindi”, — deyiladi suratga qoldirilgan izohda. 

Bir kun mobaynida mazkur fotoga 250 mingdan ortiq “layk” bosildi. Biroq mahalliy OAVlarga ko‘ra, aktyor va ekologlar tashvish bildirishga kechikdi: orollarda o‘rmonlar kesilishi fevral oyi yarmida to‘xtatildi.

Shunday bo‘lsa-da, Finlyandiya rasmiylari Di Kaprio tomonidan bildirilgan qiziqishga jiddiy e’tibor qaratdi, mamlakat o‘rmon boshqarmasi esa aktyorni Finlyandiyaga kelish va o‘rmonlarni ko‘zdan kechirishga taklif etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют