» » DXX Farg‘onada giyohvandlar to‘dasini qo‘lga oldi

DXX Farg‘onada giyohvandlar to‘dasini qo‘lga oldi


Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi Qirg‘iziston fuqarosi Muslima Abdurahimova aylanma yo‘llar orqali 2 kilogramm 645 gramm gashish narkotik moddasini O‘zbekistonga olib kirayotganda qo‘lga oldi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli ayol pul evaziga Qirg‘iziston fuqarolari er-xotin Tohir Usmonov va Muharram Inomovaning giyohvand moddalarini O‘shdan Qo‘qon shahriga yetkazib berishi lozim bo‘lgan.

Tezkor tadbir natijasida Tohir Usmonov va Muharram Inomova ham Qo‘qon shahrida ushlandi.

Gashish narkotik moddasini bir qismini sotib olmoqchi bo‘lgan Iskandar Umarov oldi-sotdi jarayonida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ikkinchi xaridor Ravshan Qayumov ham qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Abdurahimova, Inomova, Usmonov, Qayumov hamda Umarovlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют