» » Sharof Rashidovga manzur bo‘lgan noyob asal

Sharof Rashidovga manzur bo‘lgan noyob asal


“Xalq so‘zi Online” qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Ra’no Xo‘jayevaning Sharof Rashidovga manzur bo‘lgan asal haqidagi xotiralari aks etgan maqolani chop etdi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan asal bayrami yoshlik xotiralarimni uyg‘otib yubordi.

Aslida, asalni u qadar xush ko‘rmayman. Lekin bu bebaho ne’mat sotilayotgan rastalar yonidan befarq o‘tib ketolmayman. Albatta, tatib ko‘raman. Og‘zimda saqlanib qolgan ta’mni izlayman. Afsuski, topolmayman...

Gap shundaki, bir kuni padarimiz — o‘zbek limonchiligi asoschisi, xalq seleksioneri, faxriy akademik Zayniddin Faxriddinovni asal olayotganining ustidan chiqib qoldim. Shu zahoti asal idishga qo‘l uzatganimni bilaman, “Bu asal do‘stimga atalgan”, deya otam koyib berdilar.

Boladek arazlaganimni ko‘rgach, bir piyolaga o‘sha asaldan solib uzatarkanlar, “Qani, mazasini ko‘r-chi?” deb qoldilar. Rosti, bunaqa bolni hech qachon yemagandim. Uning ta’mi shunchalik shirin bo‘lsa, hidi undan ham yoqimli va o‘tkir ediki... Bu limon gullaridan yig‘ilgan noyob asal ekan.

Ha, O‘zbekistonda issiqxona sharoitida limondan asal olishning uddasidan chiqilgan.

Otam tabiatan yangilikka o‘ch, o‘ta qiziquvchan emasmidilar har bir issiqxonaning to‘rt burchagiga to‘rt quti asalari oilasini qo‘yardi. “Issiqxonada ham asal olib bo‘ladimi?” deganlarga hech bo‘lmaganda bu mitti jonzotlar daraxt gullarini changlatishga hissa qo‘shishini aytardilar.

Biroq amalda limon gullaridan asal olishga erishgan edilar. To‘g‘ri, asalarilarga qo‘shimcha ozuqa berilmagani tufayli juda kam bol yig‘ilar edi. Ushbu kamyob ne’mat idishlarga solinib saqlab qo‘yilar, limonzorimizga kelgan aziz mehmonlargagina tortilardi. U, ayniqsa, limonzorga ko‘p bora tashrif buyurgan atoqli davlat arbobi Sharof Rashidov, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga juda manzur bo‘lgan ekan.

Bugun limonchilikni rivojlantirish, issiqxonalarni kengaytirishga qaratilayotgan e’tibor soha fidoyilarini ana shunday tajribalarga ruhlantirayotgani, shubhasiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют