» » Tojikistonlik yigit singlisining “yengiltakligi” haqidagi mish-mishlar tufayli uning boshini kesib tashladi

Tojikistonlik yigit singlisining “yengiltakligi” haqidagi mish-mishlar tufayli uning boshini kesib tashladi


Tojikistonning Istaravshan shahrida bir yigit 17 yoshli singlisini uning bir erkak bilan uchrashib yurganligi haqidagi mish-mishlar tufayli o‘ldirib, boshini tanasidan judo qildi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Qizning jasadi qishloqlardan birining tashqarisidan oqib o‘tuvchi eski kanaldan o‘tgan hafta topilgan. Militsiya jasadning shaxsini aniqlagach, uning 23 yoshli akasini qo‘lga oldi.

Tojikiston IIV xabarida aytilishicha, unga singlisining begona erkaklar bilan aloqalari haqida mish-mishlar yetib kelgach, uni o‘ldirgan.

Gumonlanuvchi 28-noyabr kuni kechqurun singlisini dastlab bo‘g‘ib o‘ldirgani, so‘ng boshini kesib tashlagani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют