» » O‘zbekistonda sug‘oriladigan quduqlarni burg‘ulash uchun 4,8 mln dollar ajratiladi

O‘zbekistonda sug‘oriladigan quduqlarni burg‘ulash uchun 4,8 mln dollar ajratiladi


Aholini suv bilan ta’minlash dasturi doirasida O‘zbekiston 2019-yilda sug‘oriladigan quduqlarni burg‘ulash uchun 40 mlrd so‘m (2018-yil 19-dekabr holatiga ko‘ra, 4,8 mln dollar) ajratadi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Mablag‘lar mamlakat dehqonlar va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash Fondi tomonidan ajratiladi. Mazkur loyihaga binoan ajratilgan summalar mahalladagi sug‘orish uchun mo‘ljallangan quduqlarni burg‘ulashga sarflanadi.

Ushbu summalarni realizatsiya qilish jarayoni mamlakatning 85 ta tumanida ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2019-yilda amalga oshiriladi va umumiy summaning 23,17 mlrd so‘mi realizatsiya qilinadi. Loyihaning ikkinchi bosqichi 2020-yilda amalga oshiriladi va umumiy summaning 16,8 mlrd so‘mi realizatsiya qilinishi mo‘ljallanmoqda.

Bundan tashqari, loyihada fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun imtiyozli kreditlar ajratish ham belgilab qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют