» » Markaziy bank qarzdorlikni plastik kartalardan undirish haqidagi hujjat loyihasiga qarshi chiqdi

Markaziy bank qarzdorlikni plastik kartalardan undirish haqidagi hujjat loyihasiga qarshi chiqdi


O‘zbekiston Markaziy banki jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini ularning bank kartalaridan undirish haqidagi hujjat loyihasiga qarshi chiqishini ma’lum qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga “Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirilgani munosabati bilan Markaziy bank bu loyiha bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirgan edi.

Bugungi kunda, jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini ularning bank kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi bo‘yicha qonuniy va shaffof mexanizm mavjud emasligi sababli, Markaziy bank qayd etilgan hujjat loyihasini qonun hujjatlariga, xususan Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiqligini ta’minlash lozim deb hisoblaydi, deyiladi xabarda.

Qanday ezgu maqsad ko‘zlangan bo‘lishidan qat’iy nazar, idoraviy manfaatlar boshqa tarmoqlar yoki butun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta’sir yetkazmasligi zarur. Markaziy bank, o‘z navbatida, taklif etilayotgan o‘zgartirishlarga bank siri va bank tizimiga bo‘lgan to‘laqonli ishonchni saqlab qolish zarurligiga alohida e’tibor qaratadi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют