» » Orolda 500 ming gektar himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi

Orolda 500 ming gektar himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi


O‘tgan yillar davomida Orolning qurigan tubida saksovul va boshqa sho‘rga chidamli o‘simliklardan iborat 490 ming gektarga yaqin butazorlar barpo etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ushbu ishlarning tizimli davomi sifatida Orol dengizi tubidagi suvi qurigan maydonlarda shamol ta’sirida yuzaga keladigan kuchli qum, tuz va chang bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish, qum ko‘chishini bartaraf etish, mintaqada ekologik holatni yaxshilash maqsadida 2019—2021-yillarda jami 500 ming gektar, shundan 2019-yilda 100 ming, 2020-yilda 160 ming, 2021-yilda 240 ming gektar himoya o‘rmonzorlari barpo etish belgilangan.

Hozirda ushbu tadbirga saksovul o‘simligini ekish uchun 200 ga yaqin turli texnika, transport va mexanizmlar, shuningdek, 2000 ga yaqin o‘rmon xo‘jaligi va boshqa ixtisoslashgan xodimlar jalb etilmoqda. 2 yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, Qorao‘zak tumanidan “Aqpetkey” hamda Mo‘ynoq tumanidan “Surgul-Axantay” singari Orolning qurib qolgan hududlarida ekish ishlariga kirishilmoqda.

Orol dengizining qurib qolgan qismidagi sho‘rlangan yerlarda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirish, ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini ta’minlash, tadqiqot va innovatsiyalarning ilg‘or tajribalarini joriy etish maqsadida tashkil etilgan Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Markazga 45 gektarga yaqin yer maydoni ajratildi. Mazkur tajriba dalalarida urug‘chilik va ko‘chatzorlar tashkil etishni 2019-yildan boshlab amalga oshirish belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют