» » Jizzaxda 70 mln so‘mni o‘zlashtirgan unitar korxona mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jizzaxda 70 mln so‘mni o‘zlashtirgan unitar korxona mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan “AAA” DUKda o‘tkazilgan tekshirishda pudratchi mansabdor shaxslari tomonidan budjet mablag‘lari talon-taroj qilingani aniqlangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2017-yil fevral-dekabr oylarida Paxtakor tumanidagi 6 ta zovurlarga quyuluvchi inshootlarda shag‘al to‘kish, drenajlar usti polosasini ko‘mish, boshlang‘ich quduqlar o‘rnatish, kuzatuv qudug‘i sirti, boshlang‘ich quduqlar sirtini izolyatsiya qilish, atrofini tuproq bilan ko‘mish, lotoklarni almashtirish hamda qo‘l kuchi yordamida bajariladigan ishlar bo‘yicha jami 2 milliard 490 million 228 ming so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilganligi haqida hujjatlar rasmiylashtirilgan.

O‘rganishlar natijasida hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 70 million 658 ming 400 so‘mlik ishlar qo‘shib yozilgani, rasmiy hujjatlar soxtalashtirilib buyurtmachiga taqdim qilingani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, korxona mansabdor shaxslari 2017-yil davomida intizomiy jazo qo‘llanilgan xodimlarga jami 11 ta holatda 8 million 990 ming so‘m rag‘batlantirish pullari to‘lab berib, budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Debitor qarzdorliklarni o‘z muddatida undirish choralari ko‘rilmagani natijasida korxonaning 193 million 886 ming 400 so‘m muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud.

Mazkur holatlar yuzasidan Inspeksiyaning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan “AAA” DUK mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют