» » Klublar o‘rtasidagi JCh. “Real Madrid” “Kashima Antlers”ni tor-mor qildi, Beyldan het-trik 

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Real Madrid” “Kashima Antlers”ni tor-mor qildi, Beyldan het-trik 


19-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 2-yarim final bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda OChL chempioni “Kashima Antlers” klubi YChL g‘olibi “Real Madrid”ga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuvda 1:3 hisobida “Real Madrid” g‘alaba qozondi. Madridliklarning barcha gollariga Garet Beyl mualliflik qildi. Yaponlarning yagona javob goli esa Doi tomonidan kiritildi.

Shu tariqa “Real” finalda “Al-Ayn” bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Hal qiluvchi o‘yin 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

1/2 final

19-dekabr, chorshanba

“Kashima Antlers”—“Real Madrid” 1:3

Gollar: 0:1 – 44 Beyl, 0:2 – 53 Beyl, 0:3 – 55 Beyl, 1:3 – 78 Doi.

“Kashima Antlers” – Gvon Sun Txe, Chjon Sin Xen, Yamamoto, Nisi (Andzai, 56), Sedzi, Leo Silva, Nagaki (Utida, 46), Serjino, Endo (Leandro, 83), Doi, Abe.

“Real Madrid” – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Lorente, Vaskes (Isko, 68), Kroos, Beyl (Asensio, 60; Kazemiro, 74), Benzema.

Ogohlantirishlar: Karvaxal (42), Yamamoto (52).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют