» » Litvada Rossiya josuslik tarmog‘ining fosh etilgani ma’lum qilindi

Litvada Rossiya josuslik tarmog‘ining fosh etilgani ma’lum qilindi


Litva maxsus xizmatlari Rossiya foydasiga josuslikda gumonlab, bir necha kishini qo‘lga oldi. Qo‘lga olinganlar orasida avvalroq Rossiya tarafdori bo‘lgan “Birlik” tashkilotiga rahbarlik qilgan rossiyalik Valeriy Ivanov ham bor, deb yozmoqda “Interfaks”.

Xabar berilishicha, Ivanovning qo‘lga olinishi Litva milliy xavfsizligiga tahdidni yuzaga keltiruvchi shaxslar tarmog‘ining faoliyati fosh etilgani bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Ivanovning uyidagi tintuv vaqtida u yerdan qurol topilgan. Ayni paytda malakat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari qurolning josuslik faoliyati bilan bog‘liq yoki yo‘qligini aniqlamoqda.

Litva davlat xavfsizlik departamenti tomonidan ma’lum qilinishicha, noqonuniy harakatlarning maqsadi ma’lumot to‘plash va mamlakatdagi siyosiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют