» » O‘zbekistonda Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari tashkil etiladi

O‘zbekistonda Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari tashkil etiladi


Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etiladi. Bu “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzuridagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idoralararo kengash hamda Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hukumat komissiyasi tugatiladi, ularning vazifa va funksiyalari departamentga yuklanadi.

Departament yuridik shaxs hisoblanadi va davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi. Departament boshlig‘i lavozimiga ko‘ra Madaniyat vazirining o‘rinbosari hisoblanadi va Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda ozod etiladi.

Departament:

Moddiy madaniy meros, jumladan, arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida maxsus vakolatli muassasa hisoblanadi;

O‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga moddiy madaniy meros obyektlari sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritadi;

Moddiy madaniy meros obyektlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va aholi punktlarining bosh rejalari Departament bilan kelishilishi majburiy hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют