» » Peskov nima sababdan Putin yarim tungacha uxlamasligini aytdi

Peskov nima sababdan Putin yarim tungacha uxlamasligini aytdi


Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari jurnalistlar bilan muloqotga qanday tayyorgarlik ko‘rishi haqida aytib berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, matbuot anjumaniga tayyorgarlik yarim tungacha davom etadi.

“Barcha tadbirlar o‘taveradi. Mudofaa vazirligining kollegiyasi ham yoki qoldirilishi mumkin bo‘lmagan boshqa yig‘ilishlar ham. Ammo oraliq vaqtlarda prezident yarim tungacha vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan juda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqadi”, — deydi Peskov.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning har yili o‘tkaziladigan matbuot anjumani 2018-yilning 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют