» » Amerikalik biznesmen parvozlardan to‘plangan masofa millarini sovg‘a qiladi

Amerikalik biznesmen parvozlardan to‘plangan masofa millarini sovg‘a qiladi


Amerikalik biznesmen Piter Shankman besh yildan buyon notanishlarga aviaparvozlardan to‘plangan masofa millarini sovg‘a qiladi. Bu haqda “TJournal” xabar beradi.

Shankmanning so‘zlariga ko‘ra, u bu yo‘l bilan bayram arafasida yaqinlarini ko‘rish uchun o‘ziga chipta olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan insonlarga yordam beradi. U o‘zining Imgur tarmog‘idagi postida mazkur taklif faqat AQSh ichidagi parvozlar uchun amal qilishi haqida ogohlantirgan.

Shankman bepul chiptalarni 2013-yildan tarqata boshlagan. Uning aytishicha, ushbu millar uning juda ko‘p sayohatlari natijasida to‘plangan — aytaylik, 2018-yilda u 11 marta Osiyo mamlakatlarida bo‘lgan.

Keyinchalik Shankmanning yo‘lini tutadiganlar soni ortdi — 2018-yilda ular 100 ming mil xayriya qildi.

Tadbirkorning o‘zi bu gal 200 ming mil xayriya qildi. Buning yordamida beshta oila Rojdestvo bayramida ko‘rishish imkoniga ega bo‘ldi.

Shankmanning o‘zi millarni tarqatib, qiziga oilaning ahamiyatini hamda odamlarga yaxshilik ulashishni o‘rgatmoqda. Uning o‘zi juda ham mehribon oilada ulg‘ayganini aytadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют