» » Buxoro viloyati hokimligi Ark qo‘rg‘oni oldidagi daraxtlar kesilayotgani sababini izohladi

Buxoro viloyati hokimligi Ark qo‘rg‘oni oldidagi daraxtlar kesilayotgani sababini izohladi


So‘nggi paytlarda Buxoro shahrida joylashgan Ark qo‘rg‘oni oldidagi daraxtlar kesilyotgani bilan bog‘liq holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Buxoro viloyati hokimligi aslida daraxtlarga shakl berish ishlari bajarilayotganini ma’lum qildi, deb yozadi UZ24.

“Buxoro shahrining qadimiy Ark qo‘rg‘oni oldidagi daraxtlar o‘tgan asrning 50-yillarida ekilgan bo‘lib, shundan so‘ng qarovsiz ahvolda qolgan. Natijada daraxt shohlari har tomonga o‘sib, xunuk manzara kasb etgan edi. Shaharning eng ko‘p turistlar tashrif buyuradigan hududida joylashgan mazkur bog‘ har yili kuz va qish mavsumlarida ko‘plab qushlar uchun boshpana vazifasini bajarardi. Bu esa o‘z navbatida xududda antisanitar holatlarni yuzaga keltirib, mahalliy aholi vakillarining ham haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi”, — deyiladi xabarda.

Hokimlikning izoh berishicha, hozirda ushbu hududni xushmanzara hududga aylantirish choralari ko‘rilmoqda:

“Bugungi kunda ushbu dam olish maskani hududiga chim (gazon) ekib, xushmanzara holatga keltirish choralari ko‘rilmoqda. O‘z navbatida quyosh nuri bo‘lmasa, chimni (gazon) o‘stirish mutlaqo imkonsiz ish. Tabiiyki, daraxt shohlarining shaklga keltirilishi bu jarayonga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют