» » 40 dan ortiq AQSh senatorlari Qora dengizdagi harbiy harakatlarga qarshi javob berdi

40 dan ortiq AQSh senatorlari Qora dengizdagi harbiy harakatlarga qarshi javob berdi


AQSh senatorlari Ron Jonson, Richard Durbin va ularning 39 nafar hamkasblari Qora dengizda ko‘p  millatli operatsiyalarni amalga oshirishga undovchi “Erkin harkatlanish” qarorini taqdim etdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.

Shuningdek ular “Shimoliy oqim—2” loyihasiga qarshi chiqdi. Ushbu choralar qonunchilar tomonidan “Kerch bo‘g‘ozida va Azov dengizi hududidagi Rossiyaning tajovuzkor harakatlariga” javoban taklif qilindi.

“Qo‘shma Shtatlar va ittifoqdoshlar Rossiya Federatsiyasining harbiy tajovuziga tezda javob berishi kerak. Dengiz harbiy amaliyoti Qora dengizdan Azov dengiziga xavfsiz o‘tishni ta’minlashi kerak”, — deyiladi hujjatda.

Uning mualliflaridan biri “Dunyo, Ukraina demokratiyasi va suverenitetiga qarshi Rossiya hujumini to‘xtatishi kerak”, deydi.

“Ukraina kemalariga qilingan Rossiya hujumi mojaroning tobora kuchayib borishiga sabab bo‘ldi, biz bunga bor kuchimiz bilan javob berishimiz kerak”, — deydi yana bir senator.

25-noyabr kuni Kerch bo‘g‘ozida Rossiya chegarachilari tomonidan RF chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun uchta Ukraina kemasi qo‘lga olingan.

24 kishidan iborat kema ekipaji yanvar oyigacha hibsda saqlanmoqda. Bunga javoban, Kiyev mamlakatning 10 ta mintaqasida harbiy holat e’lon qildi va 16 dan 60 yoshgacha bo‘lgan rus erkaklarining mamlakatga kirishini taqiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют