» » Alisher Usmonov O‘zbekiston Prezidentining qaysi futbol klubiga muxlislik qilishi haqida gapirdi

Alisher Usmonov O‘zbekiston Prezidentining qaysi futbol klubiga muxlislik qilishi haqida gapirdi


Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaysi futbol klubiga muxlislik qilishi haqida gapirdi.

Forbes muxbiri milliarderga “ ‘O‘zmetkombinat’ va ‘O‘zikkilamchiranglimetall’ SFI guruhi tomonidan boshqarilmoqda. Kompaniya kuzatuv kengashining raisi - milliarder Fattoh Shodiyevning qarindoshi Bobur Shodiyev. SFI — bu Fattoh Shodiyevning guruhimi?” deya savol berdi.

“Yo‘q, bu noto‘g‘ri. SFI uning akasi, mening do‘stimning oilasiga tegishli. Bizning ‘Metalloinvest’ kompaniyamiz uning kompaniyasi bilan ishlaydi. Yaqinda SFI ‘Paxtakor’ FKning 80 foizini sotib oldi. Biz bu jamoaga ishqibozlik qilamiz. Prezident ham bu klubning muxlisi.

Albatta, biz uni qayta tiklashni istaymiz — avvaliga Osiyo chempioni bo‘lishini, keyin esa jiddiy kuboklar uchun kurash olib borishini. Agar SFI ‘Paxtakor’ni rivojlantirsa, men tushunadigan va menga yoqadigan narsani qilsa, unda men barcha imkoniyatlarim bilan yordam berishga tayyorman. Ammo, bu men ‘Paxtakor’ning aksiyadori yoki egasi bo‘lishni xohlayman, degani emas”, - deydi Alisher Usmonov ushbu savolga javoban.

Avvalroq, Alisher Usmonovning ushbu intervyu chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bo‘lgan munosabati haqida gapirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют